avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

Маънавият
                                    Reja:
1.Keksalarni e’zozlash barchamizning farzandlik burchimizdir.
2.Keksalarga hurmat-azaliy odat.
3.Buvim tikkan quroqlarni men ham tiksam deyman.
                                                              Kirib kelding xurram elimga,
                                                              Shukronani solding dilimga,
                                                              Ezgu niyat bo’lding ko’nglimga,
                                                              Keksalarni e’zozlash yili.
                                                                                  (B. Nortojiyev)
     Qadimdan xalqimizning azaliy odatlari borki, ular kundalik hayotimiz mazmuniga aylanib ulgurgan. Xonadonida keksa bobo-buvilari, otaxon va onaxonlari  bor insonlar ularni e’zozli inson sifatida doim uy to’riga, dasturxon boshiga o’tqizganlar.Yo’lda ketayotgan yoshi katta kishilarni ko’rgan yoshlar ularning oldini kesib o’tmaydi.Dasturxon yozilganda taomga keksalardan oldin yoshlar hech qachon qo’l uzatmaydi.Chunki keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish xalqimizning o’ziga xos yuksak ma’naviy belgisidir.O’zbek xalqiga azaldan xos bo’lgan bunday yuksak fazilatlar istiqlolimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.
     Davlatimiz rahbarining 2007-yil 19-martda qabul qilingan “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishva mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni, 2011-yil 30-maydagi “2011-2015-yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha aniq yo’nalish hamda vazifalar belgilab berilgan.Mazkur hujjatlar nafaqa yoshidagi fuqarolar, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining farovonligini ta’minlash, hayot darajasi va sifatini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.Buning samarasi o’laroq, har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko’rsatilmoqda hamda zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda.Bir so’z bilan aytganda, mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.
     Joriy yilda ham ijtimoiy sohani rivojlantirish, yolg’iz keksalar,pensioner va nogironlarni, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar ko’lami yanada kengaymoqda.Prezidentimizning 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni va 2015-yilning mamlakatimizda “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi ushbu yo’nalishda yangi tashabbuslarni boshlab berdi.
     Davlatimiz rahbarining shu yil 18-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida joriy yilda amalga oshiriladigan xayrli ishlar belgilab berilgan.Mazkur dastur keksalarning hayotini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy,pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda yoshlarni xalqimizning ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlashga qaratilgan.
     Olti bo’limdan iborat ushbu dasturda keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatish va e’tiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ko’zda tutilgan.
     Shuningdek, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan ushbu xayrli ishlarni amalga oshirish uchun 2 trillion 246,5 milliard so’m va 229,6 million dollar ajratish ko’zda tutilgan.
     Keksalarning duosini olish, ularga hurmat va e’tibor ko’rsatish xalqimizning azaliy odatlaridan biri hisoblanadi.Bejizga Qarisi bor uyning parisi bor, deyishmaydi.Kimning uyida keksa bobo-buvisi bo’lsa, u odam baxtli hisoblanadi.Shuning uchun doim ularning duosini olib, hurmatlarini joyiga qo’yishimiz kerak.
     Rivoyat qilishlaricha, bir farzand bo’lgan ekan.Uni ota-onasi oq yuvib, oq tarab, o’zi yemay yedirib,o’zi ichmay ichirib, farzandimiz deb katta qilishibdi.Farzand voyaga yetib, uylanibdi.Ota-ona yillar o’tib,qarib, qartayib qolibdi.Qo’llari kuchdan qolib, qaltiraydigan, ovqat yeganda idishlarni qo’lidan tushirib yuborib,sindiradigan bo’lib qolishibdi.Shunda xotini o’g’ilga:“Ota-onangiz qarib, qartayib qoldi.Qo’llari qaltirab,idishlarni sindiradigan bo’lib qolishdi.Ularning dastidan uyda birorta ham idish qolmadi”,-deya shikoyat qilibdi. “Nima qilay bo’lmasa?”-deb so’rabdi o’g’il xotinidan.Xotini unga: “Ota-onangizga yog’ochdan idish-tovoq yasab bering.Shunda ular sinmaydi”,-deb javob beribdi.O’g’il xotinining aytganini qilib,ota-onasiga yog’ochdan idish-tovoq yasab beribdi.
     Bir kuni er-xotin qarashsa, o’g’illari terga botib yog’ochdan nimadir yasamoqchi bo’layotgan emish.Ular farzandlaridan: “O’g’lim, ertalabdan terga botib nima qilyapsan?”-deb so’rashibdi.Farzandlari javob beribdi: “Yog’ochdan idish yasayapman.Sizlar ham bobom va buvimdek qarib qolganlaringizda shu idishlarda ovqat beraman”.Farzandlaridan bunday gapni kutmagan ota-ona qilgan xatolarini anglab yetishibdi.
     Qissadan hissa shuki, kimki birovga yaxshilik qilsa ham, yomonlik qilsa ham, albatta, qaytadi.Shunday ekan, doim ota-ona, bobo-buvilarimizning hurmatini joyiga qo’yaylik.
     Shunday xonadonlar bo’ladiki, bu xonadon vakillari nafaqat mahallasining, balki butun el-yurtning faxri hisoblanadi.Men qishlog’imizdagi shunday xonadonni bilaman.Bu xonadon mening bolaligim o’tgan, ilk bora kindik qonim to’kilgan maskan-Nazira buvimning xonadonlari.Biror yumush bilan buvimning uylari yonidan o’tayotgan bo’lsam, hech qachon beparvo o’tolmayman, darvoza tomon oshiqaman.Qandaydir ichki bir tuyg’u: “Qani, ichkariga kirib, Nazira buvingning duosini olgin, “hormang”, “bor bo’ling” qilmasang bo’lmas.Buvingni yana quroq tikayotganda uchratasan, Ishonmasang, kirgin-da”,-deyayotganday bo’laveradi.Har gal ko’nglim aldamaydi.Buvim atrofida uch-to’rt, ba’zan undan ham ko’proq nevara-chevara,mahalla qizlarini jamlab olib,quroq tikish sirlarini o’rgatish bahonasida o’zlari ham ko’zoynaksiz nimadir tikayotgan bo’ladilar.
     Umrining yetmishinchi bahorini qarshi olgan Nazira buvimning bolaligi suronli yillarga to’g’ri kelgan.Tirishqoq, mehnatsevar buvijonim yettinchi sinfni bitirib, o’qituvchilar tayyorlaydigan kursda ham o’qiganlar.Bobojonimga turmushga chiqib,yetti farzandning onasi bo’lsa hamki, og’ir mehnatdan qochmaganlar.Buvijonim o’z boshidan kechgan azob-uqubatli davrlarni xotirlar ekanlar,xuddi o’sha yillar suroni ko’z oldimizdan o’ta boshlaydi.
     -Eh, ocharchilik, urush, qatag’on,ne-ne mashaqqatlarni ko’rdik.Hozir ularni eslashga qo’rqaman.Bunday kunlarni ikki dunyoda ham ko’rmanglar,-deya bugungi dorilamon zamonni maqtab,yurtboshimizga hamd-u sanolar aytadilar, Ollohga shukronalar bildiradilar.
     -Bunday  davron qayda, yeganing oldingda, dasturxoning to’la non,istagan narsang muhayyo,-deydilar buvijonim.
     Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki,mamlakatimizda keksalarni har tomonlama rag’batlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ular uchun nafaqat moddiy,ayni paytda katta ma’naviy-ruhiy madaddir.Yurtimizda bunday hurmat, e’tibor va g’amxo’rlik uchun chuqur minnatdorlik tuyg’usi fuqarolarimiz,xususan, keksalarimizning tinch va osuda hayoti, ertangi kunga bo’lgan mustahkam ishonchida, yosh avlodni Vatanga, mustaqillikning buyuk g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda o’z ifodasini topmoqda.
     Men o’z fikrlarimni quyidagi misralar ila yakunlamoqchiman:
                                 Asl farzand bo’lay desangiz,
                                 Gulday unib-o’say desangiz,
                                 Duo olib to’lay desangiz,
                                 Ezgu ishlar qilay desangiz,
                                 Har bir tongni savobdan boshlang,
                                 Keksalarni e’zozlab yashang.
                                                          (R.Mirzaolimov)             
 
 
 
Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 9-“B” sinf o’quvchisi Yarashova Dildora
Turar joyi:Karmana tumani, Hazora qishlog’i, Deggaron mahallasi, 706813
Murojaat uchun telefon:+998 93 317 74 29